Bavosil turlari

Bavosil turlari   Bavosilni davolash

 

Bavosil — eng keng tarqalgan proktologik kasallik hisoblanadi. U bilan erkaklar ham, ayollar ham bir xil kasallanadi. Ko'pchilik shifokorga jarrohlik amaliyotining ehtimoli katta bo'lgan, kasallikning o'tkir holida murojaat qiladilar. Buni oldini olish uchun bavosil turini aniqlash va erta bosqichlarda davolashni boshlash kerak. Patologik jarayon boshlangani to'g'risida orqa chiqaruv teshigi sohasida begona modda hisi va qichishish darak berishi mumkin.

Gemorroidal tugunlar joylashishiga ko'ra tashqi, ichki yoki aralash bo'lishi mumkin. Kasallik kechishi bo'yicha - surunkali yoki o'tkir.

Agar tashxis - surunkali bavosil bo'lsa, shifokorlar to'rtta bosqichini ajratishadi:

1. Bosqich gemorroidal tugunlar tashqariga chiqib qolmagan qonash bilan yoki usiz kechishi mumkin.

2. Bosqich gemorroidal tugunlar tashqariga chiqib qolgan, lekin mustaqil o'rniga qaytadi qonash bilan yoki usiz kechishi mumkin.

3. Bosqich gemorroidal tugunlar tashqariga chiqib qolgan, lekin ularni qo'l bilan o'rniga kiritish mumkun qonash bilan yoki usiz kechishi mumkin.

4. Bosqich gemorroidal tugunlar tashqariga chiqib qolgan, va ularni o'rniga kiritib bo'lmaydi qonash bilan yoki usiz kechishi mumkin.

Bavosil davomiyligining uzayishi, uning bosqichi va tugunlar tashqariga chiqib qolishining takrorlanishi orasida o'zaro bog'liqlik mavjud. Boshlang'ich bosqichlarida tugunlar odatda anal kanalga mustaqil o'rnashadi, keyingi bosqichlada esa qo'l bilan kiritish talab qilinadi, yoki tugunlarning doimiy chiqib qolishi sodir bo'lishi mumkun.

Relief® shamchalari

Relief® shamchalari

Uchinchi bosqich bilan albatta shifokorga murojaat qilish tavsiya qilinadi: agar bavosilni davolamasa, bu anemiyaga (kamqonlik), paraproktitga va anal yorilishga (zararlangan to`qimalar qismlarini yirtilishi) olib kelishi mumkin3.

Davolashdan oldin shifokor bemorning kasallik tarixini o'rganadi, ko'rik va umumiy tashxisni o'tkazadi, shuningdek bavosil turini aniqlash uchun tahlillar oladi2,3

Konservativ farmakoterapiya - turli preparatlar bilan davolash.

U quyidagicha bo'lishi mumkin:

  • tizimli: venotoniklar, og'riq qoldiruvchilar, qabziyatda - ich suradiganlar, ferment preparatlar va najas kelishi buzilishida - adsorbentlar ;
  • mahalliy: og'riq qoldiruvchilar, yallig'lanishga qarshilar, yarani bitishiga ko'maklashadiganlar, gemorroidal tugunlar trombozida antikoagulyantlar (qon quyilishiga qarshi vosita) , qon ketishida gemostatiklar.

Mahalliy terapiya tanlanganda «Relief®» shamchalari yoki malhamlari qo'llanilishi mumkin. Ular bavosilning har xil turlarida ko'rsatilgan. «Relief®» preparatlari shuningdek jarrohlikdan oldingi va keyingi davrlarda ham ishlatiladi.

Davolashning kam invaziv jarrohlik usullari

1-3-boshqich ichki bavosil bilan medikamentoz (dori vositalari bilan) davolashning samarasi bo'lmaganda yoki samarasi kam bo'lganda, kam invaziv jarrohlik amaliyotlarini bajarish ko'rsatiladi:

  • skleroterapiya - tugunlarga tromboz joyini parchalaydigan inyeksiya yuboriladi;
  • tugunlarni ligatsiya qilish - tugun oyoqchasini unung asosida bog'lab qo'yiladii, bu tugunning o'lchamlarini asta-sekin kamayishiga olib keladi;
  • infraqizil fotokoagulyatsiya - tugunlar yonidagi shilliq qobiq kuydiriladi va chandiqlar hosil qilinadi;
  • dezarterizatsiyalash - shifokor to'g'ri ichak arteriyalarini iplar bilan tikib chiqadi, bu tugunlarga qon kelishini kamaytiradi.

Yaqqol tashqi gemorroidal tugunlar bilan kechuvchi kasallikning 3-4-bosqichlarida kam invaziv jarrohlik usullarini qo'llashning samarasizligi yoki imkoni yo'qligida jarrohlik amaliyoti bilan davolash ko'rsatilgan: ochiq va yopiq gemorroidektomiya - o'tkazib yuborilgan bosqichlarida shikastlangan tugunlar olib tashlanadi va anal kanalining oddiy ko'rinishi tiklanadi.

Medikamentoz terapiya va jarrohlik amaliyoti bilan bir qatorda shifokor nomedikamentoz davo turlariga va bavosilni oldini olishga ko'rsatma berishi mumkin:

  • ozuqaviy tolalar iste'molini ko'paytirish va / yoki najasni normallashtirish va qabziyat bilan kurashish uchun mikroklizmalar;
  • Ahvolni yengillashtirish uchun vannalar;
  • Hayot tarzini va xulqiy odatlarni o'zgartirish.

1. Rivkin V.L. Bavosirning patogenezi va davolashning zamonaviy tushunchalari. //Tibbiy kengash, 2013. 45-45 - bet
2. Vorobyova G. I., Sheligin Yu. A., Blagodarniy L. A. Bavosir: shifokorlar uchun qo'llanma. - 2-nashr, qayta ishlangan va to'ldirilgan - M.: Littera, 2010. - 200 b.
3. Semionkin Ye.I. Koloproktologiya (O'quv qo'llanmasi) M.: NU Medpraktika-M. - 2004. - 234 b.

СН-20230703-32

Maqolalar

Bizning maqolalarimizdan siz gemorroy (bavosil) haqida tez-tez so`raladigan savollarga javob topishingiz mumkin

Xojatga boorish haqida noqulay vaziyatlar

Xojatga boorish haqida noqulay vaziyatlar

Xojatga boorish xar biro dam ucun asisiy va kundalik mashg`ulotdir. Ammo siz tibbiy nuqtai nazardan xamma narsani to`g`ri qilyapgan bo`lgansiz?

Ko`proq ma`lumot olish
Bavosildan jarrohliksiz qanday qutilish mumkin

Bavosildan jarrohliksiz qanday qutilish mumkin

Bavosil - u haqida gapirish qiyin, lekin erta bosqichlarda boshqarish oson bo'lgan muammo. U har qanday yoshda uchrashi mumkin, shu jumladan yoshi kattalarda ham.

Ko`proq ma`lumot olish
Bavosilning 1 bosqichi: tashxislash va alomatlar

Bavosilning 1 bosqichi

Proktologlar ko'pincha bavosil bizlarga tik yurishga qo'shimcha qilib berilgan deyishadi. Yer yuzining1 har to'rtinchi yashovchisi undan aziyat chekadi.

Ko`proq ma`lumot olish
Bavosilning 2-bosqichi: alomatlar va davolash

Bavosilning 2-bosqichi

Bavosilning paydo bo'lishi turli sabablarga bog'liq. U homiladorlikdan keyin, qabziyat, qattiq yo'tal qo'zishlaridan aziyat chekadiganlar, kam harakatli hayot tarzini olib boradiganlarda paydo bo'lishi mumkin.

Ko`proq ma`lumot olish
Bavosilning 3-bosqichi: jarrohlik amaliyotisiz davolash

Bavosilning 3-bosqichi

Bavosil - proktologga murojaatning eng ko'p uchraydigan sababi, undan yer yuzining har to'rtinchi yashovchisi aziyat chekadi.

Ko`proq ma`lumot olish
Bavosilning 4 bosqichi

Bavosilning asosiy namoyon bo'lishi - to'g'ri ichakning shilliq osti qavatida qon turib qolishi natijasida vena tugunlarining paydo bo'lishi.

Bavosil - proktologga murojaatning eng ko'p uchraydigan sababi, undan yer yuzining har to'rtinchi yashovchisi aziyat chekadi.

Ko`proq ma`lumot olish
O`tkir gemorroy(bavosil): sabablari, simptomlari va davolash

O`tkir gemorroy(bavosil): sabablari, simptomlari va davolash

O`tkir gemoroyni (bavosil) qanday belgilar bilan aniqlash mumkinligi va u bian nima qilish kerakligina tahlil qilamiz.

Ko`proq ma`lumot olish