Bavosil 3-bosqichining alomatlari Bavosil 3-bosqichini davolashning usullari Bavosilni oldini olish
Bavosil - proktologga bo`lgan murojatlarning eng ko'p uchraydigan sababi, undan yer yuzining har to'rtinchi yashovchisi aziyat chekadi. Kasallik sabablari orasida: nasliy moyillik, kam harakatli hayot tarzi, qabziyatga moyillik, yog'li, achchiq ovqat va alkogolni me'yordan ortiq iste'mol qilish. Ko'pincha bavosil ilk bor homiladorlikdan so'ng namoyon bo'ladi. Bu hodisalarning barchasi qorin bo`shlig`I ichidagi kon-tomir bosimning oshishiga va tosda qon tomirlarda dimlanish holatlarga olib kelishi mumkin2.
Surunkali bavosilning 3-bosqichida tugunlar tashqariga chiqib qoladi va mustaqil o'rniga tushmaydi, ularni qo'l bilan yoki asbob bilan joyiga kiritishga to'g'ri keladi. Deyarli har bir najas qon bilan keladi. Bavosilning uchinchi bosqichi albatta davolanishni talab qiladi, chunki umumiy ahvol yomonlashishi mumkin.
Bavosilning 3-bosqichida mikrosirkulatsiyani normallashtirish va tomirlar tonusini mustahkamlash uchun venotoniklar va bioflavonoidlardan foydalaniladi2.
Afsuski, bavosilning 3-bosqichini davolash kam hollarda jarrohlik amaliyotisiz o'tadi, chunki tomirlardagi o'zgarishlar qaytarib bo'lmaydigan bo'lib qoladi, va konservativ davo faqatgina bemor ahvolini yengillashtiradi.
Jarrohlik usullariga Milligan-Morgan bo'yicha gemorroidektomiya, Parks, Longo va Fergyusson jarrohlik amaliyotlari kiradi. Bavosilning asoratlanmagan hollarida skleroterapiya, krio- va elektrokoagullyatsiya, tugunlarni bog'lash va boshqa usullarni1,3,4 tanlashadi.
1. Karpuxin O.Yu. Bavosirni davolashning zamonaviy usullari // Amaliy tibbiyot. 2003. № 4. 35-37 b.
2. Mayev I.V., Gadjiyeva M.G. Bavosirni davolashning terapevtik jihatlari // «Davolovchi shifokor» jurnali, 2002, № 7.
3. Makarov I.V., Dolgix O.Yu. Bavosir: Talabalar, internlar, klinik ordinatorlar va shifokorlar uchun o'quv qo'llanma. - M.: «GEOTAR-Media» nashriyot guruhi, 2013.-147 b.
4. Vorobyov G. I., Sheligin Yu. A., Blagodarniy L. A. Bavosir: shifokorlar uchun qo'llanma. - 2-nashr, qayta ishlangan va to'ldirilgan - M.: Littera, 2010. - 200 b.
5. Mudrov A.A. Proktologik turdagi bemorlarni davolashda «Relief®» farmokologik qatori preparatlaridan foydalanish // Jarrohlik. - 2010. — № 2. — 50-54 b.
СН-20230703-32