Savol \ javob
Relif va alkogolni mutanosibligi o`rganadigan maxsus tadqiqotlar o`tkazilmagan, chunki Relif preparatlari maxalliy qo`llaniladi va ularning tizimli ta`siri minimaldir. Qo`llash bo`yicha tasdiqlangan yo`riqnomalarda etanol bilan o`zaro ta`sir qilish extimoli ko`rsatilmagan, bu ularning mutanosibligini ko`rsatadi. Biroq, Relif shamchalari va alkogol birga qo`llanilmagani ma`qul, chunki Relif gemorroyda(bavosil) (1) buyuriladi, bu patalogiyada esa alkogolni qo`llash mumkin emas.1.
Yalliglanish simptomlarini bartaraf etish uchun gemorroy(bavosil) va anal yoriqlarda Relif preparati shamchalar shaklida buyuriladi.shamchalardan so`ng achishish kamdan-kam xollarda asosiy ta`sir etuvchi moddaga- fenilefringa yoki yordamchi shakl qiluvchi tarkibiy komponentlarga allergiya bo`lganida kuzatilishi mumkin. Agar achishish xissi rektal shamchalarni kiritilgandan keyin paydo bo`lsa, u xolda preparatni qo`llashni to`xtashish va mutahassis bilan maslaxatlashish kerak.
Gemorroy(bavosil) uchun maxalliy davolishni tanlashda savol tug`ilishi mumkin: qaysi biri yahshiroq surtma yoki shamchalar? Birinchi variant (surtma) asosan kasallikning tashqi ko`rinishlari uchun tavsiya etiladi, shamchalar esa anal kanalning patalogiyasida (ichki gemoroyda) qo`llash uchun qulayroqdir. Gemorroyning ichki turlari4 uchun surtmadan foydalanish xam istisno qilinmaydi. Mutahassis kasallikning individual hususiyatlardan kelib chiqqan xolda Relif shamha yoki surtmani buyurishi mumkin.4
Ko`pgina patsientlarda Relif buyurilgandan so`ng, mantiqiy savol tug`ilishi mumkin: Relif gemorroyga qanday ta`sir qiladi? Tibbiyotda qo`llanishiga doir rasmiy yo`riqnomada, Relif preparatning ta`siri uning asosiy komponenti fenilefrinning alfa-adrenomimetik ta`siriga asoslangan. Ushbu modda venoz qon-tomirlar devorlarida joylashgan silliq mushak hujayralarning adrenergic retseptorlariga ta`sir qiladi va shu bilan ularning torayishini chaqiradi va gemorroy sohasida shish, qizarish va qichishishni kamaytiradi.5
Relifning yaroqliq mudatti 2 yilni tashkil etadi. Ushbu myddat o`tgandan so`ng preparatni qo`llash mumkin emas. Shamchalarning yaroqlig muddati surtmaga to`g`ri keladi. Bunda preparatni saqlash + 25°C yuqori bo`lmagan haroratda amalga oshirilishi kerak.
Relif shamchalarni qanday saqlash haqida yana nima bilish kerak? Eng asosiy preparat uchun bolalar ololmaydigan joy tanlash kerak. Relif shamchalarni qayerda saqlash xaqda boshqa tavsiyalar yo`q.
«Bolalarga Relif mumkinmi ?» savoliga javobni preparatni tibbiyotda qo`llanishiga doir rasmiy yo`riqnomada toppish mumkin. Unda aylishicha, 12 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun Relif brendi ostidagi preparatlarni qo`llash mumkin emas. «Bolalar uchun Relif» alohida preparati ishlab chiqilmagan va 12 yoshdan katta bolalar uchun Relif suppoziytoriyllar va surtmalar kattalarnikiga o`hshash tarzda qo`llaniladi: sutkada 4 martagacha yupqa qavat qilib, shikastlangan joyga, orqa teshik sohasiga surtilsin, yoki 4 martagacha 1 rectal suppoziytoriydan.1
Ko`rsatmalarga ko`ra, Relif prostatida qo`llanilmaydi6; Agar rasallik gemorroy(bavosil), anal sohasini yoriqlari va anal qichishi bilan birlashtirilgan bo`lsa, u holda preparatni kompleks terapiyaning bir qismi sifatida proktolog yoki jarrox buyurishi mumkin. Shunday qilib , prostatit uchun Relif surtma va shamchalar faqat preparat uchun ko`rsatmalar ro`yhatiga kiritilgan yondosh kasalliklar bo`lganda qo`llanilishi mumkin.
Ba`zida patsientlar Relifdan keyin xojatga borishni hohlaydigan vaziyatga duch kelishadi. Agar bu reaktsiya tez-tez sodir bo`lsa , u holda mutahassis maslahatlashish kerak. Biroq preparate ichak bo`shagandan keyin qo`llanilishi sababli, ko`pincha bunday tananig to`g`ri ichakka shamchani kiritishiga bo`lgan reaktsiyadir. Bundan tashqari, shamchalar anal sfinkterni ta`sirlashi mumkin, bu xam defekatsiya qilish istagiga olib kelishi mumkin. Bunday xollarda Relif surtmasian faydalanishi mumkin.
Ko`llash bo`yicha yo`riqnomalarga ko`ra. Relif shamchalariga allergiya juda kamdan – kam xollarda uchraidi. Relif shamchalardan foydalanganda anorectal sohada achishish, qichishish, shish paydo bo`lsa, mutahassisga murojaat qilish kerak7.
Relif gormonal preparate yoki yo`qligini bilish uchun asosiy ta`sir etuvchi maddaga eti`bor berish kerak. Bu fenilefrin gidrohloridi , qon – tomirlarni toraytiradi, to`qimalarning shishishi va to`g`ri ichakda qichishishni kamaytiradi. Relif Advans tarkibiga kiruvchi benzokain maxalliy og`riq qoldiruvchi samaraga ega. Gormonal component faqat Relif Ultrada mavjud. Yallig`lanishga qarshi, allergiyaga qarshi va qon-tomirlarni toraytiruvchi ta`siriga ega gidrokartizon atsetati uning tarkibida saqlanadi.
Dorihonada retsepsiz sotiladigan va gemorroy simptomlarini bartaraf etish uchun mo`ljallangan bir necha turdagi preparatlarini topishingiz mumkin. Shuning ushun xar kim ularni sotib olishi va ko`rsatmalariga muvofiq qo`llashi mumkin. Biroq gemorroyni mustaqil davolash asoratlarni rivojlanishiga olib kelishi yoki kasalikning kechishini kuchaytirishi mumkin , shuning uchun birinchi navbatda shifokor bilan maslaxatlashish tavsiya etiladi.
Kanchalik erta gemorroy aniqlansa, kasallik simptomlari bilan kurashish shunchslik oson boladi. Shuning uchun kasalikning birinchi belgilari paydo bo`lganda shifokorga murojaat qilish kerak – qichishish, achishish, xojathonada qiyinchilik (noqulaylik hissi) anorectal sohasida yod jismini xis qilish, engil qon ketish. Gemorroyning(bavosil) tushishi (hattoki ular mustaqil bartaraf qilinsa xam) kasallikning rivojlanishini ko`rsatadi. Bunday xolda iloji boricha tezroq shifokorga tashrif buyurish kerak.
Shilliq qavatning atrofiyasi yoki uning yupqalishishi kuchli gormonal preparatlarni (glyukokortikosteroidlar, kortikosteroidlar) uzoq muddatli qo`llash fonida rivojlanishi mumkin. Ohirgilari , o`zining kompleks yallig`lanishiga qarshi ta`sirini xaddan tashqari uzoq muddat qo`llash bilan, shilliq qovat xujayralarining bulinish hususiyatini pasaytiradi va kollagen ishlab chiqarishni kamaytirad (biriktiruvchi to`qimalarning asosini tashkil etuvchi oqsil ), shuning uchun qalinligi va shilliq qavatning mustaxkamligi pasayishi mumkin.8
Relif ULTRA shamchalari o`z tarkibida «engil» GKS guruhiga kiruvchi garmonal hususiyatdagi moddani (girokartizon atsitati) saqlaydi.8 (1 -jadval). Shuning uchun,qo`rsatmalarga muvofiq shamchalardan foydalanganda ( 1 xafta davomida sutkada 4 martagacha) to`g`ri ichak shilliq qavatining yupqalanishini rivojlanish havfi deyarli nolga kamayadi. 9
1. Preparatni tibbiyotda qo'llanilishiga doir rasmiy yo’riqnomasi Relif, rektal suppozitoriylarlar, Qo’llanilishi bo'limi.
2. Preparatni tibbiyotda qo'llanilishiga doir rasmiy yo’riqnomasi Relif, rektal suppozitoriylarlar, Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar bo'limi.
3. Relif preparatining rasmiy sayti, rektal va sirtga qo’llash uchun surtma.
4. Relif preparatining rasmiy sayti, rektal va sirtga qo’llash uchun surtma.
5. Preparatni tibbiyotda qo'llanilishiga doir rasmiy yo’riqnomasi Relif, rektal suppozitoriylarlar.
6. Preparatni tibbiyotda qo'llanilishiga doir rasmiy yo’riqnomasi Relif, Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar bo'limi.
7. Preparatni tibbiyotda qo'llanilishiga doir rasmiy yo’riqnomasi Relif, Nojo’ya ta’sirlari bo’limi.
8. Batyrshina S.V./ Pediatrik amaliyotida yallig'lanishli dermatozlarni davolashning zamonaviy strategiyasida mahalliy qo’llanilishi uchun glyukokortikosteroidlar / Amaliy tibbiyot jurnali, № 9 (85), 2014 yil dekabr, 94-102-betlar; https://cyberleninka.ru/article/n/glyukokortikosteroidy-dlya-mestnogo-primeneniya-v-sovremennoy-strategii-terapii-vospalitelnyh-dermatozov-v-pediatricheskoy-praktike/viewer
9. Vidal dori preparatlarining ma'lumotnomasi: Relif Ultra preparatini qo'llash bo'yicha yo’riqnomasi: https://www.vidal.ru/drugs/relief_ultra__9063