Bavosilning 3-bosqichi: jarrohlik amaliyotisiz davolash

Bavosil 3-bosqichining alomatlari   Bavosil 3-bosqichini davolashning usullari  Bavosilni oldini olish

 

Bavosil - proktologga bo`lgan murojatlarning eng ko'p uchraydigan sababi, undan yer yuzining har to'rtinchi yashovchisi aziyat chekadi. Kasallik sabablari orasida: nasliy moyillik, kam harakatli hayot tarzi, qabziyatga moyillik, yog'li, achchiq ovqat va alkogolni me'yordan ortiq iste'mol qilish. Ko'pincha bavosil ilk bor homiladorlikdan so'ng namoyon bo'ladi. Bu hodisalarning barchasi qorin bo`shlig`I ichidagi kon-tomir bosimning oshishiga va tosda qon tomirlarda dimlanish holatlarga olib kelishi mumkin2.

Surunkali bavosilning 3-bosqichida tugunlar tashqariga chiqib qoladi va mustaqil o'rniga tushmaydi, ularni qo'l bilan yoki asbob bilan joyiga kiritishga to'g'ri keladi. Deyarli har bir najas qon bilan keladi. Bavosilning uchinchi bosqichi albatta davolanishni talab qiladi, chunki umumiy ahvol yomonlashishi mumkin.

 
 

 

 

Bavosilning 3-bosqichi davosiz ko'pincha paraproktit, anal yoriqlar bilan asoratlanishi va o'tkir bavosil xurujini qo'zg'atishi mumkin (gemorroidal to'pchalarning siqilishi yoki ularning tromb bilan bekilib qolishi)1. U o'tkir og'riq, anal sfinkteri qisqarishi, tana haroratining oshishi va qon ajralishi bilan kechadi.

Shunday vositalarga Relief®5 oilasidagi malhamlar va shamchalar kiradi. Ular qon tomirlari torayishi va qon ketishining to'xtashiga, shish kamayishiga olib keluvchi, og'riq qoldiruvchi va qichishishga qarshi ta`sirga ega.

Bavosilning 3-bosqichida mikrosirkulatsiyani normallashtirish va tomirlar tonusini mustahkamlash uchun venotoniklar va bioflavonoidlardan foydalaniladi2.

Afsuski, bavosilning 3-bosqichini davolash kam hollarda jarrohlik amaliyotisiz o'tadi, chunki tomirlardagi o'zgarishlar qaytarib bo'lmaydigan bo'lib qoladi, va konservativ davo faqatgina bemor ahvolini yengillashtiradi.

Jarrohlik usullariga Milligan-Morgan bo'yicha gemorroidektomiya, Parks, Longo va Fergyusson jarrohlik amaliyotlari kiradi. Bavosilning asoratlanmagan hollarida skleroterapiya, krio- va elektrokoagullyatsiya, tugunlarni bog'lash va boshqa usullarni1,3,4 tanlashadi.

Relief® shamchalari

Relief® shamchalari

1. Karpuxin O.Yu. Bavosirni davolashning zamonaviy usullari // Amaliy tibbiyot. 2003. № 4. 35-37 b.
2. Mayev I.V., Gadjiyeva M.G. Bavosirni davolashning terapevtik jihatlari // «Davolovchi shifokor» jurnali, 2002, № 7.
3. Makarov I.V., Dolgix O.Yu. Bavosir: Talabalar, internlar, klinik ordinatorlar va shifokorlar uchun o'quv qo'llanma. - M.: «GEOTAR-Media» nashriyot guruhi, 2013.-147 b.
4. Vorobyov G. I., Sheligin Yu. A., Blagodarniy L. A. Bavosir: shifokorlar uchun qo'llanma. - 2-nashr, qayta ishlangan va to'ldirilgan - M.: Littera, 2010. - 200 b.
5. Mudrov A.A. Proktologik turdagi bemorlarni davolashda «Relief®» farmokologik qatori preparatlaridan foydalanish // Jarrohlik. - 2010. — № 2. — 50-54 b.

СН-20230703-32

Maqolalar

Bizning maqolalarimizdan siz gemorroy (bavosil) haqida tez-tez so`raladigan savollarga javob topishingiz mumkin

Xojatga boorish haqida noqulay vaziyatlar

Xojatga boorish haqida noqulay vaziyatlar

Xojatga boorish xar biro dam ucun asisiy va kundalik mashg`ulotdir. Ammo siz tibbiy nuqtai nazardan xamma narsani to`g`ri qilyapgan bo`lgansiz?

Ko`proq ma`lumot olish
Bavosildan jarrohliksiz qanday qutilish mumkin

Bavosildan jarrohliksiz qanday qutilish mumkin

Bavosil - u haqida gapirish qiyin, lekin erta bosqichlarda boshqarish oson bo'lgan muammo. U har qanday yoshda uchrashi mumkin, shu jumladan yoshi kattalarda ham.

Ko`proq ma`lumot olish
Bavosilning 1 bosqichi: tashxislash va alomatlar

Bavosilning 1 bosqichi

Proktologlar ko'pincha bavosil bizlarga tik yurishga qo'shimcha qilib berilgan deyishadi. Yer yuzining1 har to'rtinchi yashovchisi undan aziyat chekadi.

Ko`proq ma`lumot olish
Bavosilning 2-bosqichi: alomatlar va davolash

Bavosilning 2-bosqichi

Bavosilning paydo bo'lishi turli sabablarga bog'liq. U homiladorlikdan keyin, qabziyat, qattiq yo'tal qo'zishlaridan aziyat chekadiganlar, kam harakatli hayot tarzini olib boradiganlarda paydo bo'lishi mumkin.

Ko`proq ma`lumot olish
Bavosilning 3-bosqichi: jarrohlik amaliyotisiz davolash

Bavosilning 3-bosqichi

Bavosil - proktologga murojaatning eng ko'p uchraydigan sababi, undan yer yuzining har to'rtinchi yashovchisi aziyat chekadi.

Ko`proq ma`lumot olish
Bavosilning 4 bosqichi

Bavosilning asosiy namoyon bo'lishi - to'g'ri ichakning shilliq osti qavatida qon turib qolishi natijasida vena tugunlarining paydo bo'lishi.

Bavosil - proktologga murojaatning eng ko'p uchraydigan sababi, undan yer yuzining har to'rtinchi yashovchisi aziyat chekadi.

Ko`proq ma`lumot olish
O`tkir gemorroy(bavosil): sabablari, simptomlari va davolash

O`tkir gemorroy(bavosil): sabablari, simptomlari va davolash

O`tkir gemoroyni (bavosil) qanday belgilar bilan aniqlash mumkinligi va u bian nima qilish kerakligina tahlil qilamiz.

Ko`proq ma`lumot olish