«MАQULLАNGАN»
Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash
vazirligi huzuridagi farmatsevtika tarmogʼini
rivojlantirish agentligining “Dori vositalari, tibbiy
buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va
standartlashtirish davlat markazi” DUK
«12»_04_2022y. №5

TIBBIYOTDА QOʼLLАNILISHIGА DOIR YOʼRIQNOMА Relief® АDVАNS

Preparatning savdo nomi
Relief® Аdvans.

Halqaro patentlanmagan nomi
Benzokain

Dori shakli
Rektal suppozitoriylar.

Tarkibi
1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi
Faol modda: benzokain 206 mg.
Yordamchi moddalar: kakao moyi, makkajoʼxori kraxmali, metilparagidroksibenzoati (E218), propilparagidroksibenzoati (E216).

Taʼrifi
Tiniq boʼlmagan, oq yoki och-sariqqacha rangli torpeda shaklidagi suppozitoriylar.

Farmakoterapevtik guruhi
Gemorroy va anal yoriqlarni davolash uchun sirtga qoʼllash uchun vosita. Mahalliy anestetiklar.

АTX kodi: C05AD03.

Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Benzokain – faol yuzaki mahalliy ogʼriq qoldiruvchi vosita, rezorbtiv taʼsir koʼrsatmaydi, natriy ionlari uchun xujayralar membranalarining oʼtkazuvchanligini kamaytiradi, membrananing ichki yuzasida joylashgan kaltsiy ionlarini siqib chiqaradi, nerv impulsini oʼtkazilishini bloklaydi. Benzokain yaqqol ogʼriq qoldiruvchi taʼsir koʼrsatadi.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qoʼllanilganda Relief® Аdvans preparatidagi benzokainning tizimli soʼrilishi past.

Qoʼllanilishi
– kuchli ogʼriq sindromi bilan kechuvchi tashqi va ichki gemorroy;
– anal sohada va toʼgʼri ichak sohasidagi qichishish va achishishni simptomatik davolash;
– proktologik operatsiyalardan keyin operatsiyadan keyingi davrda qoʼllanadi. Preparat kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga koʼrsatilgan.

Qoʼllash usuli va dozalari
Preparat gigienik muolajalardan keyin qoʼllanadi. Toʼgʼri ichakka bitta suppozitoriydan kuniga 4 martagacha (ertalab, tunda va ichak har bir boʼshaganidan keyin) yuboriladi. Maksimal sutkalik doza – 4 suppozitoriy. Davolash kursi davomiyligi – 7 kun. Zarurati boʼlganida shifokor tavsiyasi boʼyicha qabul qilish davomiyligini 3 xaftagacha uzaytirish mumkin.

Nojoʼya taʼsirlari
Quyidagi nojoʼya reaktsiyalar kuzatilishi mumkin: kontakt dermatit, teri allergik reaktsiyalari (giperemiya, teri toshmasi, qichishish), dori vositasini qoʼllash joyida mahalliy reaktsiyalar. Metgemoglobinemiya (teri, lablar va tirnoq plantinalari sianozi, bosh ogʼrigʼi, bosh aylanishi, nafas olishni buzilishi, umumiy holsizlik, taxikardiya) rivojlanishi mumkin.

Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, 12 yoshgacha boʼlgan bolalarda qoʼllash mumkin emas.

Dorilarning oʼzaro taʼsiri
Ushbu preparatni boshqa dori preparatlarini qoʼllashga taʼsiri haqida maʼlumotlar mavjud emas.

Maxsus koʼrsatmalar
Maxsus ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari
Orqa teshikdan koʼp miqdorda qonli ajralmalar ajralganida yoki terapevtik samara kuzatilmaganda, shuningdek agar preparatni qoʼllaganda holat yomonlashsa yoki 7 kun davomida yaxshilanmasa, shifokorga murojaat etish kerak. Preparatning tavsiya etilgan sutkalik dozalari oshirilmasin. Benzokain saqlovchi dori vositalarini qoʼllaganda metgemoglobinemiya (teri, lablar va tirnoq plantinalari sianozi, bosh ogʼrigʼi, bosh aylanishi, nafas olishni buzilishi, umumiy holsizlik, taxikardiya) rivojlanishi haqida xabarlar olingan, u oʼlimga olib kelishi mumkin va shoshilinch tibbiy yordamni talab etadi. Himoya plastik qobigʼi shikastlanganda yoki mavjud boʼlmaganida suppozitoriylarni qoʼllash mumkin emas. Metilparagidroksibenzoat va propilparagidroksibenzoat saqlaganligi tufayli allergik reaktsiyalar, shu jumladan sekinlashgan tipdagi reaktsiyalar yuzaga kelishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Homilador va emizikli ayollarda preparatni qoʼllashning xavfsizligi aniqlanmaganligi tufayli, ushbu mahsulot homiladorlik vaqtida faqat, agar potentsial foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori boʼlsagina qoʼllanishi mumkin. Homiladorlik va emizish davrida preparatni qatʼiy shifokor koʼrsatmasi boʼyicha qoʼllash kerak.
Dori vositasining transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsirining oʼziga xosligi
Taʼsir qilmaydi.

Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborganda benzokainning tizimli soʼrilishi holatida quyidagi buzilishlar rivojlanishi mumkin: uyquchanlik, bezovtalik, qoʼzgʼalish, ogʼir holatlarda – tirishishlar. Davolash simptomatik. Benzokain saqlovchi dori vositalarini qoʼllaganda metgemoglobinemiya (teri, lablar va tirnoq plantinalari sianozi, bosh ogʼrigʼi, bosh aylanishi, nafas olishni buzilishi, umumiy holsizlik, taxikardiya) rivojlanishi haqida xabarlar olingan, u oʼlimga olib kelishi mumkin va shoshilinch tibbiy yordamni talab etadi. Koʼrsatilgan simptomlar paydo boʼlganida shifoxonaning qabul boʼlimiga darhol murojaat etish zarur.

Chiqarilish shakli va oʼrami
6 suppozitoriydan 2 strip davlat var rus tillaridagi tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati
2 yil. Yaroqlilik muddati oʼtgach qo’llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.

Roʼyhatdan oʼtkazilganlik guvohnomasining egasi, manzili
Bayer Consumer Care АG,
Peter Merian-Shtrasse 84, 4052 Bazel, Shveytsariya

Ishlab chiqaruvchining nomi, manzili
Istituto de Аngeli S.r.l.,
50066 Reggello (Florentsiya), Lok. Prulli 103/s, Italiya

O`zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarining sifati bo’yicha e’tirozlar (takliflarni) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«СИНОМЕД»
100017, Toshkent sh., S-5, kottej- 155.
Tel.: +99871 244-96-00;
faks: +99871 244-95-47.
Е-mail: info@sinomed.uz

СН-20230703-32