Relief® preparatlari
Relief® preparatlari qatori
Gemorroy kattalar aholisining ahamiyatli qismiga shikast yetkazadi, eng keng tarqalgan proktologik kasalliklardan biridir. Bu zamonaviy odamning dolzarb muammosi, chunki gemorroyoidal venalarning kengayishi asosan faol bo'lmagan turmush tarzi va noto'g'ri ovqatlanish tufayli yuzaga keladi.
Relief® preparatlari qatori va ularning chiqarilish shakli
Gemorroyni samarali davolash uchun mahalliy qon-tomirlarni toraytiruvchi, og’riq qoldiruvchi va yallig'lanishga qarshi vositalardan qo’llashni talab qilinishi mumkin. Quyida keltirilgan xususiyatlarga Relief® qatori preparatlariga ega.
Ishlab chiqaruvchi rektal shamchlar va surtmalarni o'z ichiga olgan mahsulotlarning butun qatorini taklif qiladi. Gemorroyning ayrim turlari uchun preparatning alohida turlari buyuriladi. Ushbu dori vositasini chiqarilish shakli, rektal suppozitoriylar sifatida, asosan, ichki gemoroyni davolash uchun ishlatiladi surtma esa nafaqat ichki, balki kasallikning tashqi ko'rinishlari bo’lganida ham qo'llaniladi.
Relief® preparatlarining farqi
Relief® qatori shamchalari bir-biridan qanday farq qilishini batafsil ko'rib chiqamiz. Ushbu qatorning quyidagi rektal suppozitoriylari ishlab chiqariladi:
-
Reliefning ta’sir etuvchi moddasi fenilefrin xisoblanadi, shish, qichishish va qonni oquvchanligini kamaytirishga yordam beradi, qon-tomirlarni toraytiruvchi ta’sirga ega.
-
Relief® Advans - og'riq sindromini mahalliy davolash uchun qo’llaniladigan mahalliy og'riqsizlantiruvchi vosita.
-
Relief® Ultra, ta’sir etuvchi moddasi gidrokortizon asetati xisoblanadi - yallig'lanishga qarshi komponent, anorektal sohasining qichishi va ekzemani davolashda va bitishni tezlashtirish uchun ishlatiladigan sink sulfatidir.
Relief® surtmalarining qandaylari bo’ladi. Ishlab chiqaruvchi ushbu dori shaklida ikki turdagi preparatni ishlab chiqaradi. Ular ortasidagi farq, rektal suppozitoriylar uchun bo’lgani kabi, tarkibi va davolovchi samarasi bilan ifodalanadi.
Sotuvda Relief® surtmalarining fenilefrinli Relief® surtmasi kabi turlari mavjud bo'lib, ular shishga qarshi va qonni to’xtatuvchi ta'sirga ega. Shuningdek, og’riq qoldiruvchi ta'sirga ega benzokainli Relief® Advans surtmasi. Ularning har biri o'z qo'llash sohasiga ega.
Qaysi Relief® ni tanlash kerak?
Ta’sir etuvch moddasi fenilefrin bo'lgan shamchalar va surtmalar mutaxassislar tomonidan qonni oquvchanligi va qichishish bilan kechadigan ichki va tashqi gemoroylarni davolash uchun qo’llaniladi.
Yaqqol og'riq va achishish bo'lganida, Relief® Advans ning ikkala shakli ham ishlatiladi (rektal suppozitoriylar va surtma)
Anal qichishish, ekzema va perianal sohasining dermatiti bilan kechadigan gemorroyga qaysi Relief® yaxshiroq? Bunday holda siz Relief® Ultra yallig'lanishga qarshi rektal shamchalarni tanlashingiz kerak.
Relief® ning har bir turi qancha turadi?
Agar mutaxassis sanab o'tilgan dori-vositalaridan birini qo'llashni maslahat bergan bo'lsa, unda siz Reliefni deyarli har qanday dorixonada sotib olishingiz mumkin. Turli dorixonalarda preparatning narxi farq qilishi mumkin. Narxni agregator saytida yoki to'g'ridan-to'g'ri dorixona saytida aniqlash yaxshiroqdir. Relief® preparatlarining o'rtacha narxi tanlangan mahsulotga bog'liq va 300 dan 650 rublgachani tashkil etadi.
СН-20230703-32